"Namangan Uylari" – Uy-joy bozorida ishonchli hamkor!
Uy-joy har bir inson uchun umri davomida zarur bo’ladigan eng katta ehtiyojlaridan biridir. Makonning istiqomat uchun qulay sharoitlarga hamohangligi yashash tarzining to’kisligini ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, odamlarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda targ’ibot, ya’ni Reklamaning o’rni juda katta. Bugungi kunda Internet tarmoqlari, ayniqsa Telegramda uy-joy bozorida yirik agentlikka aylangan “Namangan Uylari” har bir mijoz uchun ishonchli sherik bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu platforma nafaqat sotiladigan va ijaraga beriladigan obyektlarni taqdim etadi, balki mijozlarning vaqtini tejash, ularning ehtiyojlariga mos takliflarni topishga yordam beradi hamda foydali ma’lumotlar ulashadi.
“Namangan Uylari” o‘sish tarixi
2019-yildan beri faoliyat olib borib kelayotgan “Namangan Uylari” hozirda “Umega Golden Media” MChJ tarkibida Usmonjon Moxirjonov va Oybek Mahmudov tomonidan asos solingan, qisqa vaqt ichida Namangan viloyatining eng mashhur uy-joy agentligiga aylandi. Bugungi kunda platforma o‘zining 400 mingdan ziyod obunachilari bilan Namangan aholisining katta qismini qamrab oladi.
Ushbu platforma orqali hozirga qadar 1000 dan ortiq uy sotilishiga ko‘maklashildi, 120 000 tadan ortiq uy sotuvga qo’yildi bu esa ularning ishonchliligi va samaradorligini yana bir bor isbotlaydi.
Reklama va brend qudrati
“Namangan Uylari” reklamalari shaharning ko‘plab “LED” monitorlarida, bannerlarda muntazam ravishda namoyish etiladi. Bu esa brendning barcha qatlamlar orasida tanilishiga yordam berdi. Tashkilotning yuzlaridan biri, tanilib borayotgan Usmonjon Moxirjonovning video “obzor”lari aholining e’tiborini jalb qilib, “YouTube”da tasdiqlangan kanal maqomini ham qo‘lga kiritdi.
Mijoz uchun qulaylik
Platforma faqat e’lon joylab berish bilan cheklanib qolmaydi. Har bir mijozning ehtiyojini tushunish va unga mos obyektni taklif qilish – bu “Namangan Uylari” jamoasining asosiy maqsadlaridan biri. Qaysi kvartirani sotib olish yoki ijaraga olishni hal qilishda mijozga batafsil ma’lumot beriladi va ko‘maklashiladi.
Raqamlarda muvaffaqiyat
— 400 000+ obunachi – real auditoriya.
— 1 000+ uy sotilishiga ko‘maklashilgan
— Namangan aholisi orasida 4/1 qismi platformaning faol kuzatuvchilari.
“Namangan Uylari” – Sizning orzuingizdagi uyingiz sari yo‘l
Ushbu brend Namangandagi uy-joy bozorining ishonchli ko‘zgusiga aylandi. Manzilni “Yandex” orqali “Namangan Uylari” deb qidirib, Islom Karimov ko‘chasidagi ofisga tashrif buyuring. Ishonchli uy-joyni topishdagi birinchi qadamni biz bilan bosing!
“Umega Golden Media” MChJ – ishonch, sifat va mijoz ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi kompaniyadir. Biz sizni kutamiz! Samarali hamkorlikka chorlaymiz!
© namangan24.uz